1

O`zbekistondan Tojikistonga 8 oy davomida qancha qurilish materiallari eksport qilingani aniqlandi

Jamiyat 19.09.2020, 18:05
O`zbekistondan Tojikistonga 8 oy davomida qancha qurilish materiallari eksport qilingani aniqlandi

 ❗️2020 yilning 8 oyi davomida mamlakatimizdan Tojikistonga davlatga 13,8 mln dollarlik qurilish materiallari eksport qilingan. Jumladan, 273, 9 tonna oboy, 1 207,6 ming metr kvadrat keramik plitka, 3 582,743 ming metr kvadrat gipsokarton, 6 041,9 tonna quruq qurilish qorishmalari etkazilgan.🔹Bu haqda “O`zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi axborot xizmati ma`lumot berdi. 

🏗 Shuningdek, uyushma tomonidan Tojikiston investisiya jalb qilingan yirik loyihalar ham amalga oshirilyapti. Ana shunday loyihalardan biri bu - Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida umumiy qiymati 19 mln dollar bo`lgan “PR INVESTMENT CO” MChJ tomonidan yangi sement zavodi barpo etilyapti. 

👷🏻‍♀️ Mazkur korxona yiliga 400 ming tonna sifatli sement ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo`ladi. Yangi sement zavodi 2021 yilning ikkinchi yarmida qurib foydalanishga topshiriladi. Hozirda bu erda qurilish montaj ishlari olib borilmoqda. 

💵 Shu kungacha investisiya loyihani amalga oshirish uchun 4,4 mln dollar o`zlashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1