1

O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar 51 mingga yaqinlashdi

Jamiyat 19.09.2020, 18:42
Teglar: O`zbekiston, koronavirus
O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar 51 mingga yaqinlashdi

2020 yil 19 sentyabr soat 18:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 50 872 (+238) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 183 nafari Toshkent shahrida, 33 nafari Namangan viloyatida hamda 22 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, asli Kitob tumanilik, poxtaxtimizda davolangan 70 yoshli R.S. (ayol) hamda Olmaliq shahrida yashagan 71 yoshli Z.K. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 236 nafar, Toshkent viloyatida 89 nafar, Namangan viloyatida 72 nafar, Andijon viloyatida 21 nafar, Qashqadaryo viloyatida 17 nafar, Samarqand viloyatida 16 nafar, Xorazm viloyatida ham 16 nafar, Surxondaryo viloyatida 4 nafar, Farg`ona viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, O`zbekistonda 47 121 (+476) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.

Hozirda O`zbekistonda 3 326 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

 
  

Sharhlar

O`zbekiston huquq-tartibot xodimlari odamlarni uyda qolishga chaqiruvchi chellenjga qo`shildi

21.03.2020, 16:22

O`zbekiston huquq-tartibot organlari xodimlari ham koronavirus pandemiyasi vaqtida fuqarolarni uyda o`tirishga chaqiruvchi chellenjga qo`shildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.«Shu kunlarda ko`chalarda,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1