AsosiyJamiyat

Grippga qarshi emlanganlar pnevmoniya bo`lmaydimi?

'Grippga qarshi emlanganlar pnevmoniya bo`lmaydimi?'ning rasmi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bosh mutaxassisi Dilorom Tursunova "Grippga qarshi vaksina pnevmoniyadan ham himoya qiladimi?" degan degan savolga javob berdi.

Mutaxassisning so`zlariga ko`ra,  vaksina olganlar grippga 100 foiz chalinmaydi, deb hech kim kafolat bermaydi. Ammo grippga qarshi vaksina yo`riqnomasida 98 foiz himoya qilishi ko`rsatilgan.

"Gripp o`z vaqtida samarali davolanmasa, organizmda asoratlar qoldirishi mumkin. Pnevmoniya — grippning eng kuchli salbiy ta`sirlaridan biri hisoblanadi. Grippga qarshi emlanganlar bevosita pnevmoniyadan ham himoyalangan bo`ladi", - deydi D.Tursunova.

    Boshqa yangiliklar