Buxoro viloyatining Olot va Kogon tumanlarida yashovchi alimentchi otalarga sud tomonidan tegishli jazolar berildi.
MIBning viloyat bo`limi ijrochilari N.Bakaeva, M.Abdullaev ma`lum qilishicha, Olotda qarzdor I.Choriev undiruvchi D.Nuriddinova foydasiga voyaga etmagan uch nafar farzandining taminoti uchun 24 mln 738 ming 467 so`m hamda qarzdor B.Ondaev undiruvchi Yu.Sharipova foydasiga bir nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun 21 mln 967 ming 200 so`m aliment pullarini ikki oydan ortiq muddatda to`lamaganligi sababli ularga nisbatan Olot tuman mamuriy sudining 2020 yil 11 sentyabrdagi qarori bilan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan 15 sutkadan ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Kogon shahrida qarzdor F.Sulaymonov undiruvchi N.Qurbonova foydasiga ikki nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun 8 mln 930 ming 536 so`m aliment pullarini ikki oydan ortiq muddatda to`lamasdan kelganligi bois Kogon shahar ma`muriy sudining 2020 yil 11 sentyabrdagi qarori bilan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.






