AsosiyJamiyat

Hokim va hokim o`rinbosarlari ishini baholash dasturi ishga tushiriladi. Qo`qon va Quvada tajriba boshlandi

'Hokim va hokim o`rinbosarlari ishini baholash dasturi ishga tushiriladi. Qo`qon va Quvada tajriba boshlandi'ning rasmi

Endilikda O`zbekistondagi barcha darajadagi rahbarlar o`zlarining komplekslari bo`yicha respublika vazirlik va idoralari tomonidan KPI dasturi orqali baholanib boriladi. Bunda ularga yuklatilgan vazifalar hamda topshiriqlarning bajarilishi hisobga olinadi.  

Masalan, hokim va uning o`rinbosarlari belgilangan vazifalarni bajarishda 90 foiz natija qayd etsa - qoniqarli, 90 foizdan past natija qayd etsa - qoniqarsiz, 100 foizdan yuqorisi - a`lo, 110 foizlik natija - namunali hisoblanadi.

Mazkur ko`rsatkichlar bo`yicha tahliliy baholashga qarab mansabdorlarga vazifasidan ozod etish, intizomiy jazo qo`llash yoki moddiy rag`batlantirish choralari qo`llaniladi.  

Hozirda KPI dasturi orqali Qo`qon shahri hamda Quva tumanlarida hokim va hokim o`rinbosarlarini eng muhim samaradorlik ko`rsatkichlari bo`yicha baholash tizimi tajriba tariqasida o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar