2020 yil 19 sentyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 50 992 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.
Yangi kasallanish holatlari 120 nafarga oshgan. Ularning 87 nafari Toshkent viloyatida, 33 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Toshkent shahrida 351 nafar, Toshkent viloyatida 124 nafar, Namangan viloyatida 72 nafar, Andijon viloyatida 21 nafar, Qashqadaryo viloyatida 17 nafar, Samarqand viloyatida 16 nafar, Xorazm viloyatida ham 16 nafar, Surxondaryo viloyatida 4 nafar, Farg`ona viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.






