AsosiyJamiyat

Bir kunda 614 kishi kasallandi, 626 bemor tuzaldi — SSV statistikasi

'Bir kunda 614 kishi kasallandi, 626 bemor tuzaldi — SSV statistikasi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi 19 sentyabr kungi koronavirus bilan bog`liq statistikani e`lon qildi. Unda ma`lum qilinishicha, bir kunda mamlakatimizda 614 holatda kasallik qayd etildi. 

Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Xorazm, Surxondaryo hamda Farg`ona viloyatlarida 626 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 50 992 nafar bemordan 47 271 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 294 nafar bemordan 495 nafari og`ir, 267 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar