2020 yil 19 sentyabr kuni soat 04.10 da Uchtepa tumani11 kvartalda 19 yoshli qashqadaryolik Sitora G. tomonidan 23 yoshli qashqadaryolik Asilbek N.ga tegishli bo`lgan Lacetti Jentra rusumli (davlat raqami 01 A 149 LB) avtomobil yoqib yuborilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Tergov oldi tekshiruvlari davomida aniqlanishicha, vaqtinchalik Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi Sitora G. va jabrlanuvchi o`rtasida ma`lum vaqt muhabbat bo`lgan. Asilbek keyinchalik Sitoraga uylanishini va`da qilgan, ammo va`dasida turmagan. Umidsizlikda qolgan qiz yigitning avtomobiliga ichidan va tashqarisidan benzin quyib, yoqib yuborgan. Hodisa tafsilotlari o`rganilmoqda.






