PSR usulida test olish paytida tibbiy xodim har bir odam uchun alohida qo`lqop kiyishi kerakmi yoki qo`lpoq hamma topshiruvchi uchun bitta bo`lib, faqat antiseptik vosita bilan zararsizlantirish mumkinmi?
Ushbu savolga AOKA da o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Nargiza Nurullaeva quyidagicha javob berdi:
-- Har bir test olishdan avval epidemiologik qoidalarga ko`ra qo`lqoplar almashtirilishi lozim. Ammo test topshirish uchun kishilar katta oqimda bo`lsa, qo`lqop kiyilgan qo`llar, tarkibida spirtli yoki dezinfeksiyalovchi vositalar bilan zararsizlantirilishi mumkin.






