24 dekabr kuni 2015 yilning 28 may kuni Seul shahrida imzolangan O`zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati o`rtasida haydovchilik guvohnomalarini o`zaro tan olish va almashtirish to`g`risidagi Bitim kuchga kiradi, bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar beradi.
Bitimga muvofiq O`zbekiston Respublikasi fuqarolari nazariy va amaliy imtihonlar topshirmasdan o`z guvohnomalarini Janubiy Koreya haydovchilik guvohnomasiga almashtirganlaridan so`ng Koreya Respublikasi hududida transport vositalarini boshqarishlari mumkin.
Koreya Respublikasi haydovchilik guvohnomasi, basharti Koreya Respublikasi vakolatli organi tomonidan qo`yilgan apostil hamda O`zbekiston Respublikasidagi notarial idora tomonidan tasdiqlangan o`zbek tilidagi tarjimasi bo`lgan taqdirda, O`zbekiston hududida O`zbekiston Respublikasi haydovchilik guvohnomasi bilan teng ravishda amal qiladi deb tan olinadi.
Bitimning to`liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.





