1

Poytaxtda ikki nafar Covid-19 aniqlangan bemor vafot etdi

Jamiyat 20.09.2020, 23:43
Poytaxtda ikki nafar Covid-19 aniqlangan bemor vafot etdi

SSVning kechki statistikasiga koʼra, Toshkent shahrida yashagan 56 yoshli Oʼ.B. (erkak) hamda 77 yoshli R.Sh. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan.

Shu bilan bir vaqtda Toshkent shahrida 294 nafar, Toshkent viloyatida 119 nafar, Namangan viloyatida 48 nafar, Andijon viloyatida 16 nafar, Samarqand viloyatida 13 nafar, Qashqadaryo viloyatida ham 13 nafar, Sirdaryo viloyatida 9 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 3 nafar bemor tuzaldi.  

Shunday qilib, yurtimizda 47 790 (+519) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 213 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1