AOKAda bo`lib o`tgan brifingda muhim savollarga javob qaytirildi.
Savol: Koronavirusga chalingan inson o`zi ro`yxatdan o`tgan xududdan tashqarida bo`lib turib, qanday qilib kasallik varaqasini ochishi mumkin?
–Bu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva quyidagicha javob berdi:
Bu holatda, yashash joyingizdan tashqarida bo`lishingizni vaqtinchalik yoki doimiy xarakteridan kelib chiqib turlicha bo`ladi.
Agar siz doimiy ro`yxatdan o`tgan yashash joyingizda yashamay, boshqa joyda vaqtinchalik propiska bilan yashasangiz, unda shu vaqtinchalik ro`yxatdan o`tgan hujjatingiz asosida yashab turgan joyingizdagi KTMP, OP, QOP, QVPlarda ro`yxatga turishingiz lozim. Koronavirus bilan kasallanib qolgan davringizda kasallik varqasini ochishda muammolar bo`lmaydi.
Agar siz tibbiyot muassasasiga murojaat etmagan va ro`yxatga turmagan bo`lsangiz ham, vaqtinchalik ro`yxatdan o`tganlik hujjatlari asosida kasallikni birinchi kundan murojaat etasiz, shu davrda ham sizga kasallik varaqasi ochiladi.
Agarda siz vaqtinchalik boshqa hududga mexmondorchilikka ketib, shu hududda kasallanib qolsangiz, sizga tibbiy xizmat ko`rsatiladi, lekin kasallik varaqasini yashash joyingizdan ochishingiz kerak bo`ladi.
Kasallik varaqasi (byulleten) – kasallik bo`yicha murojaat etilgan kundan, aniq kasallik alomatlari bo`lgan holatda ochiladi. Kasallanib tuzalib kelib, qo`lingizda shifoxonaning kasallik tarixidan ko`chirma bo`lsa ham, orqa kun bilan kasallik varaqasi ochilmaydi.





