Andijon davlat universitetida xorijiy davlatlar oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo`shma ta`lim dasturlariga qabul davom etmoqda
Edu.uz kanali xabariga ko`ra, Belarus Respublikasining Polosk davlat universiteti bilan hamkorlikda:
Bakalavriatura:
Texnologik ta`lim yo`nalishi. Kvota 25 ta.
Turizm ta`lim yo`nalishi. Kvota 20 ta.
Maktabgacha ta`lim yo`nalishi. Kvota 25 ta.
Talabalar (2+2) 2 yil AndDU da, 2 yil Polosk davlat universitetida o`qiydi
Rossiya Federasiyasining Tomsk davlat universiteti bilan hamkorlikda:
Bakalavriatura:
Biologiya (turlar bo`yicha) ta`lim yo`nalishi. Kvota 30 ta.
Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo`yicha) ta`lim yo`nalishi. Kvota 30 ta.
Arxivshunoslik ta`lim yo`nalishi. Kvota 25 ta.
Talabalar (2+2) 2 yil AndDU da, 2 yil Tomsk davlat universitetida o`qiydi.
Rossiya Federasiyasining N.P.Ogaryov nomidagi Mordoviya davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda:
Bakalavriatura: Filologiya va tillarni o`qitish: rus tili ta`lim yo`nalishi. Kvota 25 ta;
O`qish (2+2) 2 yil AndDU da, 2 yil Mordoviya davlat milliy tadqiqot universitetida.
Magistratura: Biologiya (fan yo`nalishi bo`yicha) mutaxassisligi bo`yicha. Kvota 4 ta.
Magistrantlar (1+1) 1 yil AndDU da, 1 yil Mordoviya davlat milliy tadqiqot universitetida.
Bitiruvchilarga O`zbekiston va hamkor davlatda tan olinadigan 2 ta diplom beriladi;
Ta`lim shakli: kunduzgi (to`lov shartnoma asosida);
O`qitish tili: rus tili
Kirish imtihonlari:
Xorijiy hamkor oliy ta`lim muassasasi vakillari tomonidan o`tkaziladigan imtihon (rus tilida) dan iborat.
Abiturientdan talab etiluvchi hujjatlar:
o`rta yoki o`rta maxsus ta`limi diplomi/shahodatnomasi (sertifikat);
pasport nusxasi (asli o`qishga kirgandan so`ng ko`rsatiladi)
Hujjatlar Telegramm ijtimoiy tarmog`i orqali +998902172076 raqamiga SKANER qilingan holatda yuboriladi
Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2020 yil 20 iyuldan 30 sentyabrgacha.
Qo`shimcha ma`lumot uchun telefonlar:
(74) 223 83 79, (90) 217 20 76,
E-mail: wolffar7@mail.ru






