Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi, 21 yoshli Maxamatov Jamol Sultonbek o`g`li yo`qolganligi va uni topilishida yordam berish so`ralgan ma`lumotlar tarqalgan edi.
Uni oxirgi marta shu yilning 17 sentyabr kuni kechqurun Mega Planet savdo markazi yonida ko`rishgan.
19 sentyabr kuni Jamol uyiga qaytgan. U poytaxtning Yunusobod tumanida yashovchi do`stining uyida bo`lgan. Do`stining ota-onasi internetda Jamolning qidirilayotgani haqidagi xabarni ko`rgach, uni uyiga olib borishgan.
Bolaning otasi ilgari ichki ishlar organlariga o`g`lini qidirishni so`rab murojaat qilgan, J.Mamatovni qidirish ustida ish olib borayotgan Yunusobod tuman IIO FMB jinoyat qidiruv xodimiga telefon orqali xabar bergan.
Jamol o`z harakatining sabablarini ota-onasiga tushuntirdi.






