Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari, Oliy Majlis Senati a`zosi O`ktam Barnoev 20 sentyabr kuni og`ir xastalik tufayli vafot etgan edi. Shavkat Mirziyoev 21 sentyabr kuni ta`ziya bildirish uchun Buxoro viloyatida, marhumning xonadonga borib Qur`on tilovat qilgandi.
Prezident Bosh vazir o`rinbosarini xotirladi. Uning faoliyati va xarakteriga nisbatan munosabat bildirdi.
"Ishda bunday kadrlarni kamdan kam uchratish mumkin. Bu albatta, yaxshi tarbiya mahsulidir. O`rnak olsa arziydigan, qobil inson edi, rahmatli.
Qanday vazifa bermay, doim, o`zim bajaraman, deb javob berardi. Mehnati, ilmi bilan obro` e`tibor qozondi. Bunday raqobatli dunyoda rahbar bo`lib ishlash oson emas. Buxoro viloyatini ancha rivojlantirdi. Poytaxtga olib borganda ham respublikaning eng og`riqli sohasini vazifa etib topirgandik. Qilgan ishlari mana endi natija ko`rsatayotganda, afsuski koronavirus balosi uni bizdan olib ketdi" deydi davlat rahbari.