Yollanma terimchilarga terim uchun pullar paxtaning kilogrammi uchun 1-terimda 1000 so`mdan, 2-terimda 1400 so`mdan kam bo`lmasdan shartnomada belgilanishi zarur.
️Hukumatimizning qaroriga asosan, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining barcha tumanlarida hamda Qoraqalpog`iston Respublikasining Qonliko`l, Qorao`zak, Kegeyli, Qo`ng`irot, Taxtako`pir, Xo`jayli, Shumanay, Chimboy va Nukus tumanlari, Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Mirishkor, Nishon, Kasbi, Qarshi tumanlarida, shuningdek, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Bandixon, Muzrabot va Sherobod tumanlarida paxta xomashyosi yig`im-terimiga terimchilarni qo`shimcha jalb qilish maqsadida qo`lda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun tavsiya etilgan tarif stavkasiga O`zbekiston Respublikasi byudjetining qo`shimcha manbalari hisobidan 200 so`mdan ustama haq to`lanishi belgilangan.
Terim otryadi rahbari otryad a`zolari tomonidan terilgan paxta miqdori (kilogramm) va to`lab beriladigan paxta pulini ko`rsatgan holda to`lov qaydnomasini (vedomosti) shakllantiradi hamda fermer xo`jaligi rahbariga tasdiqlatadi.
Mas`ul bank xodimi tomonidan mazkur to`lov qaydnomasiga asosan terimchilarning paxta puli joyiga chiqqan holda terimchilarning imzosini olgan holda tarqatiladi.
Paxta yig`im-terimida ishtirok etadigan terimchilarning tergan paxtasi uchun terim pullari fuqarolik huquqiy shartnomalariga asosan har 5 kunda (dam olish kunlariga to`g`ri kelishidan qat`iy nazar, lekin mehnat qonunchiligi talablari asosida), zarurat bo`lganda, har kuni dalaning o`zida Respublikaning barcha tijorat banklarining xizmat ko`rsatuvchi bank vakili tomonidan tarqatiladi






