Gripp mavsumida immunitet pasayadi. Bu vaziyatda gripp vaksinasi qanday yordam beradi?

Jamiyat 22.09.2020, 14:30
Gripp mavsumida immunitet pasayadi. Bu vaziyatda gripp vaksinasi qanday yordam beradi?

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Barno Abdusamatova gripp mavsumi bilan bog`liq savollarga javob qaytardi.

❓Gripp mavsumi boshlanganligi sababli immunitet pasayadi. Bu koronavirus kasalligiga qanchalik ta`sir ko`rsatishi mumkin? Va bunday vaziyatda grippga qarshi vaksina qanchalik yordam berishi mumkin?

–Gripp koronavirus infeksiyasining ko`payishiga ta`sir qilmaydi, chunki bu ikki xil infeksiya. Epidemiyaga qarshi tadbirlarga rioya qilmaslik kasallanishning oshishiga ta`sir qiladi.

Agar aholi muntazam niqob taqsa, qo`lni toza saqlash gigienasiga rioya qilsa, ijtimoiy masofani saqlasa, o`zini izolyasiyalasa, vaziyat ancha uzoq vaqt davomida barqaror bo`lib qoladi.  

Yana bir masala  - agar kishi koronavirus infeksiyasi bilan og`rigan bo`lsa va yana biror yondosh infeksiya (gripp yoki boshqa) bilan kasallansa u holda koronavirus qiyin kechadi.

Hozirgi vaqtda grippga qarshi emlash har qachongidan ham dolzarb. Gripp ham Covid-19 infeksiyasisiz ham og`ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan juda jiddiy infeksiya hisoblanadi.  

Shuning uchun, bir vaqtning o`zida ikkita infeksiya bilan kasallanmaslik uchun grippga qarshi emlash maqsadga muvofiqdir.

Albatta, hammada ham grippga qarshi emlash imkoni yo`q, chunki ayrim shaxslarda ushbu vaksinaga qarshi ko`rsatmalar mavjud, lekin umumiy hisobda, biz emlash kerak deb hisoblaymiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1