1

Qator pozitiv o`zgarishlar bo`layotganligini sezayapman — Rasul Kusherbaev XTV va Qobul Dusov o`rtasidagi sudni kuzatib

Jamiyat 23.09.2020, 09:30
Qator pozitiv o`zgarishlar bo`layotganligini sezayapman — Rasul Kusherbaev XTV va Qobul Dusov o`rtasidagi sudni kuzatib

Avvalroq, Xalq ta`limi vazirligi o`zining sha`ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro`siga putur etkazuvchi ma`lumotlar tarqatganligi uchun sobiq deputat Qobul Dusov ustidan fuqarolik sudiga murojaat qilgan edi. Ayni kunlarda Chirchiq shahrida mazkur sud jarayoni bo`lib o`tmoqda. Ushbu sud jarayoniga deputat Rasul Kusherbaev ham qatnashganini va undan olgan xulosalarini ma`lum qildi.

"Chirchiqda o`tayotgan Xalq ta`limi vazirligi va Qobul Do`sov o`rtasidagi sud jarayonini kuzatib bir qator pozitiv o`zgarishlar bo`layotganligini sezayapman.  

Avvalo Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatovning vazirlik, qolaversa o`z sha`nini demokratik prinsiplar asosida sud orqali himoya qilishga o`tgani O`zbekiston ijtimoiy siyosiy hayoti uchun ijobiy hol, deyish mumkin.  

Afsuski bir qator mas`ullarimizda bu kabi ziddiyatlarni ustun mavqe va kuchiga ishonib, "ko`cha" usulida hal qilish holatlari uchrab turgan bir vaqtda bu uslub jamiyatning huquqiy savodxonlik darajasi yuksalib, madaniy saviya sari odimlab borayotganligini ko`rsatmoqda.  

Sud natijasi qanday yakun topishidan qat`iy nazar fuqaro va davlat idoralari o`rtasida paydo bo`ladigan bu kabi ziddiyatlar pirovardida so`nggi yillarda erishgan eng katta yutug`imiz- axborot va so`z erkinligini ta`minlash borasidagi qadamlarning to`xtashiga, fikr aytishda hadiksirash kayfiyatining paydo bo`lib qolishiga olib kelmasligi zarur.  

Ishonamanki, O`zbekistonda so`z va fikr erkinligi hech qachon bo`g`ilmaydi va bu erkinlik shaxslarni kamsitish, sha`nini bulg`ash uchun ham ishlatilmaydi.  

Yashasin so`z erkinligi, yashasin inson manfaati",

 -deb yozib qoldirgan Kusherbaev.

(Foto: sangzor.uz nashridan olingan)

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1