AsosiyJamiyat

Qiyin ahvolda qolgan ayollarga beriladigan uy-joylar ajratilishi to`xtatildimi?

'Qiyin ahvolda qolgan ayollarga beriladigan uy-joylar ajratilishi to`xtatildimi?'ning rasmi

Bugun AOKAda Mahalla va oilani qo`llab quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzaeva ishtirokida o`tkazilgan brifingda muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.

❓Aytishlaricha, bu yil karantin sababli qiyin ahvoldagi ayollarga beriladigan uy-joylar ajratilishi to`xtatilibdi, shu to`g`rimi?

–Joriy “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 168-bandiga asosan har yili 1 576 ta arzon uy-joylar berilishi rejalashtirilgan.

Karantin munosabati bilan bu uy-joylar berilishi to`xtatilgani haqidagi fikrlar noto`g`ri.

Davlat dasturining 204-bandiga muvofiq, bugungi kunga qadar og`ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo`lgan, kam ta`minlangan, farzandlarini to`liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarni uy-joy bilan ta`minlash uchun Xotin-qizlar va oilani qo`llab-quvvatlash Davlat maqsadli jamg`armasi tomonidan 852  nafar xotin-qizlarga  10 foiz boshlang`ich badal - 14 mlrd 563 mln 113 ming  so`m boshlang`ich badal mablag`lari to`lab berildi.

    Boshqa yangiliklar