AsosiyJamiyat

Bugun tunda Toshkentdagi Farg`ona yo`li ko`chasidan o`tish yo`li yopilishi ma`lum qilindi

'Bugun tunda Toshkentdagi Farg`ona yo`li ko`chasidan o`tish yo`li yopilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Ta`mirlash ishlari sababli 23 sentyabr soat 23:00 dan 10 oktyabr kunigacha Farg`ona yo`li ko`chasiga Istiqbol, Nukus va KXAY ko`chalaridan o`tish yo`li yopiq bo`ladi.  

Vujudga kelishi mumkin bo`lgan tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo`llardan foydalanishni tavsiya qilamiz.  

Toshkent shahar hokimligi etkazilgan noqulayliklar uchun poytaxt aholisi va mehmonlardan uzr so`ramoqda.

 

    Boshqa yangiliklar