1

Qashqadaryoda 502 nafar ayolga himoya orderi rasmiylashtirilgan

Jamiyat 23.09.2020, 19:19
Teglar: Qashqadaryo,
Qashqadaryoda 502 nafar ayolga himoya orderi rasmiylashtirilgan

Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi a`zolari ayni kunlarda Qashqadaryoda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini o`rganishmoqda.

O`rganish mobaynida xotin-qizlar muammolarini o`z vaqtida aniqlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj, shu jumladan, nogironligi bo`lgan ayollarga manzilli yordam ko`rsatish, ayniqsa, xotin-qizlarning ma`lum bir toifasi bilan yakka tartibda ishlash kabi masalalar atroflicha tahlil qilinayotir.

Viloyatda zo`rlik ishlatishdan aziyat chekkan ayollarga ko`rsatilayotgan yordam, amaliy ishlar ham e`tibor markazida. Ma`lumotlarga ko`ra, hududda bugungi kunga qadar 502 ta himoya orderi rasmiylashtirib berilgan.

Ma`lumki, himoya orderi tazyiq va zo`ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga ichki ishlar organlari tomonidan beriladi. Bunda tazyiq va zo`ravonlikka uchragan kishining murojaati; jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabarlar; tazyiq yoki zo`ravonlik sodir etish yoxud ularni sodir etishga urinish holatlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi; davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan olingan materiallar himoya orderi berishga asos bo`ladi. Himoya orderi berilgach, zo`ravonga nisbatan turli cheklovlar va majburiyatlar yuklanadi.

Ishchi guruh Qarshi shahri, Koson va Qarshi tumanlarida mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, xotin-qizlarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish, mahallalarda qiyin ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, turmush sharoiti og`ir xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta`minlash borasida olib borilayotgan ishlar holati ham tahlil qilinmoqda.

 
  

Sharhlar

YPX xodimlari quvgan motosik haydovchisi bilan bog`liq videoga rasmiy munosabat bildirildi

25.02.2020, 18:39

2020 yil 22 fevral  kuni internet ijtimoiy tarmog`ining “Zamon.tv” saytida berilgan Koson tumanida ichkilik ichishda gumon qilingan moto haydovchisini YPX xodimlari shaxsiy mashinasida mahalla ichida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1