1

Yoshligida ko`chada qolgan 25 yoshli yigitga passport berildi

Jamiyat 23.09.2020, 23:20
Teglar: Passport
Yoshligida ko`chada qolgan  25 yoshli yigitga  passport berildi

Yillar davomida bola ota-onasiz o`sib, to`g`ri kelgan joyda yashagan va oziq-ovqat evaziga har qanday ishni bajargan passport olish uchun murojaat etmagan joyti qolmagan Shohruxga vanihoyat passport berildi. Bu haqda Toshkent shahar IIB xabar bermoqda.

Manbaning ma`lum qilishicha, Shoxruh IIBB boshlig`ining qabuliga kirib o`z muammosini so`zlab bergan. Suhbatdan so`ng mas`ul xodimlarga hujjat rasmiylashtirish bo`yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Shu tarzda avval tug`ilganlik haqida guvohnoma, so`ng biometrik pasportni rasmiylashtirish jarayoni boshlandi.

25 yoshli Shoxruh haqida barcha ma`lumotlarni o`rganib chiqib, uning tanishlari bilan gaplashib, u yashab kelayotgan joyda bo`lishdi.

Barcha zarur ishlar amalga oshirilgach, unga pasport topshirildi. Shoxruh unga yordam bergan barcha xodimlarga minnatdorchilik bildirdi

 
  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1