AsosiyJamiyat

23-sentyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar 590 nafar, vafot etganlar 2 nafarni tashkil qildi

'23-sentyabr. Yurtimizda koronavirus  qayd etilganlar  590 nafar,  vafot etganlar 2 nafarni tashkil qildi'ning rasmi

Shu yilning 23 sentyabr kuni mamlakatimizda 590 holatda kasallik qayd etildi. 

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko`rsatkich 444 nafarga etdi.

Bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyatlarida 608 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 53 447 nafar bemordan 49 832 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 171 nafar bemordan 632 nafari og`ir, 294 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

 
  

Boshqa yangiliklar