Toshkent metropoliteni yo`nalishlarining ba`zi bekatlariga kirish qismlari 24 sentyabr kuni ishlab chiqarish zarurati sababli soat 05:00 dan boshlab yopiladi. Bu haqda O`zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati tomonidan ma`lum qilindi. Vazirlik tomonidan berilgan xabarga ko`ra, 24 sentyabr kuni quyidagi kirish qismlari yopiladi. «Chilonzor» yo`nalishi: «Pushkin» bekati — «Salar» ko`prigi tomondan kirish qismi; «Hamid Olimjon» bekati — «O`zmilliybank» tomondan kirish qismi; «Amir Temur» bekati — 50-maktab tomondan kirish qismi; «Mustaqillik maydoni» bekati — Mustaqillik maydoni tomondan kirish qismi; «Xalqlar do`stligi» bekati — Tashkent City tomondan kirish qismi; «Novza» bekati — «Novza» masjidi tomondan kirish qismi; «Mirzo Ulug`bek» bekati — «Milliy» stadion tomondan kirish qismi. «O`zbekiston» yo`nalishi: «Toshkent» bekati — «Toshkent pochtasi» tomondan kirish qismi; «Oybek» bekati — Farmasevtika instituti tomondan kirish qismi; «Kosmonavtlar» bekati — Interpol binosi tomondan kirish qismi; «Tinchlik» bekati — Gaz loyihalash instituti tomondan kirish qismi. «Yunusobod» yo`nalishi: «Mingo`rik» bekati — Geologiya muzeyi tomondan kirish qismi; «Abdulla Qodiriy» bekati — Gyote instituti tomondan kirish qismi; «Minor» bekati — Moliya instituti tomondan kirish qismi; «Bodomzor» bekati — «O`zmilliybank» tomondan kirish qismi; «Shahriston» bekati — «Yunusobod» bozori tomondan kirish qismi; «Turkiston» bekati — Uchqahramon tomondan kirish qismi. Vazirlik xabarida yuqorida sanab o`tilgan kirish qismlari qaysi sana va vaqtgacha yopiq bo`lishi ma`lum qilinmagan. |
24.09.2020 00:07