AsosiyJamiyat

O`zbekistonda kasallar 10 ta hududda aniqlandi

'O`zbekistonda kasallar 10 ta hududda aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 24 sentyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 53 667 (+220) nafarni tashkil etmoqda.  

Yangi kasallanish holatlarining 101 nafari Toshkent shahrida, 35 nafari Qashqadaryo viloyatida, 19 nafari Surxondaryo viloyatida, 13 nafardan Buxoro va Jizzax viloyatlarida, 12 nafardan Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida, 7 nafari Farg`ona viloyatida, 5 nafari Navoiy viloyatida, 3 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.  

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.  

️Ayni paytda yurtimizda 49 832 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.  

Hozirda mamlakatimizda 3 390 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar