Bugungi kunga Pensiya jamg`armasi ro`yxatida turuvchi 3 777 631 nafar pensiya va nafaqa oluvchilar mavjud bo`lib, mamlakat aholisining 11 foiz davlat pensiya ta`minoti bilan ta`minlangan. Pensiya jamg`armasining “1140” ishonch telefoniga kun davomida 100 nafardan ortiq fuqarolar savol, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilishidan pensiya ta`minoti jamiyat uchun hamisha qiziqarli va dolzarrb sohalarning biri deyish mumkin...
Behzod KARIMOV, Pensiya jamg`armasi bo`lim boshlig`i:
— Mamlakatimizda aholining sanitariya-epidemiyalogik osoyishtaligi va xavfsizligini ta`minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish, fuqarolarning hayoti va sog`lig`ini muxofaza qilish maqsadida karantin talablaridan kelib chiqqan holda, hozirda fuqarolar Pensiya jamg`armasining hududiy boshqarmalari, tuman va shahar bo`limlariga tashrifidan ko`ra, telefon orqali yoki elektron shaklda murojaat qilishlari maqsadga muvofiqdir.
Shu kunga qadar fuqarolardan elektron murojaatlar jamg`armaning elektron pochtasi- pension_uz@pfca.mf.uz orqali qabul qilinib kelinayotgandi. Endilikda murojaat qilishning yanada qulay imkoni yaratildi. Ya`ni, Jamg`armaning “telegram” kanali t.me/PensionFundRUz ga a`zo bo`lib, kanalning muhokama (Obsudit yoki Discuss) qismiga o`tilib, guruh orqali savollarini yo`llashlari mumkin. Har bir savolga mutahassislar tomonidan o`z vaqtida, ish kunlari davomida javoblar berilishi Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi apparati tomonidan nazorat qilib boriladi.
Fuqarolar esa savollarni yo`llashda F.I.O, doimiy yashash manzil, aloqa uchun tel raqami, murojaatning qisqacha mazmuni yozilishi lozim.
Shuningdek, fuqarolarning yashash manzillari bo`yicha ham hududiy kanallar joriy qilingan bo`lib, ularga kelib tushayotgan savollarga ham mutaxassislar tomonidan javoblar berilmoqda.






