AsosiyJamiyat

Professor Ma`rifat Ganieva vafot etdi

'Professor Ma`rifat Ganieva vafot etdi'ning rasmi

Kecha 23 sentyabr kuni O`zbekistonda Sosiologiya va Ijtimoiy ish sohasi rivojiga katta hissa qo`shgan olima, sosiologiya fanlari doktori, professor Ganieva Ma`rifat Xabibovna 74 yoshida hayotdan ko`z yumdi. 

Professor Ma`rifat Ganieva 1947 yil 13 fevralda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tavallud topgan.1970 yilda ToshDU (O`zMU) ning Tarix fakulteti  Falsafa bo`limini  tamomlagan. 

Olima 1970 yili o`qishni bitirgach, o`z pedagogik va ilmiy faoliyatini ToshDU (O`zMU)da o`qituvchi sifatida davom ettirgan. 1971-1974 yillarda TDPI Falsafa kafedrasida aspirant, 1975 yil may oyida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. Shu yili unga OAK tomonidan falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan. 

1974-1994 yilarda – ToshDU o`qituvchisi, katta o`qituvchisi, kafedra mudiri lavozimlarida, 1981 yilda Buyuk Britaniya Oksford universiteti St Antony¢s kolledji stajer-tadqiqotchisi, 1994-1995 yilarda – Rossiyaning «Ostankino» telekompaniyasining O`zbekistondagi muxbiri lavozimida ishlagan. 

O`zbekiston Respublikasida «Sosiologiya» va «Ijtimoiy ish» fanlarining nazariy va amaliy rivoji, sohaning ijtimoiy-ma`naviy hayotdagi o`rnini yuksaltirish, targ`ib qilishga o`zining munosib hissasini qo`shgan. Olimaning «Sosiologiya», «Madaniyat sosiologiyasi», «Ijtimoiy ish nazariyasi», «Ijtimoiy ish tarixi», «Ijtimoiy ishning huquqiy asoslari», «Etnososiologiya», «Oilalar bilan ijtimoiy ish» kabi o`nlab darslik va o`quv qo`llanmalari o`zbek va rus tillarida chop etilgan.

O`zbekiston Milliy universitetida professor Ma`rifat Ganieva «Ijtimoiy jarayonlar va munosabatlarni tadqiq etish, ijtimoiy ishni rivojlantirish” ilmiy maktabi yaratdi.

Mamlakatimizda Ijtimoiy ish sohasining asoschilaridan biri, fidoyi olima, etuk ustoz Ma`rifat Xabibovna Ganievaning porloq xotirasi safdoshlari va shogirdlari qalbida saqlanib qoladi. 

    Boshqa yangiliklar