AsosiyJamiyat

Yolg`iz ona ishga tushsa bola parvarishi uchun beriladigan nafaqa to`xtatiladimi?

'Yolg`iz ona ishga tushsa bola parvarishi uchun beriladigan nafaqa to`xtatiladimi?'ning rasmi

Bugun AOKAda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O`rinboeva ishtirokida brifing o`tkazildi.

Brifingda aholidan kelgan savollar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Yolg`iz ona sifatida mahalladan bola parvarishi uchun nafaqa olar edim. Ammo ishga kirganimdan so`ng mahalla tomonidan nafaqa berish to`xtatildi. Bu holatda ularning harakatlari qonuniymi?

-“Kam ta`minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida”gi Nizomning 38-bandiga ko`ra, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo`yicha nafaqa va moddiy yordam to`lash bola parvarishi bo`yicha nafaqa oluvchi ona ishga chiqqanda to`xtalishi belgilangan.

Shunga ko`ra, ishga kirganligingiz sababli nafaqa berish to`xtatilganligi asosli hisoblanadi.

❓Universitetda o`qiganligim haqida ma`lumotnoma olmoqchi edim. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shu xizmat ishga tushirilganini aytishdi. Ma`lumotnoma olish uchun qaerga va qaysi tartibda hujjat topshirsam bo`ladi?

Oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasasida o`qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma`lumotnomasini berish bo`yicha davlat xizmati ko`rsatishning ma`muriy reglamentiga asosan Davlat xizmatlari markaziga o`zingiz kelib murojaat etishingiz yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXPdan ro`yxatdan o`tishingiz mumkin.

Ushbu Reglamentga muvofiq so`rovnoma elektron tarzda to`ldiriladi. Agar ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotgan bo`lsa, so`rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnomaning nusxasi ham ilova qilinadi.

Men II guruh nogironligi bo`lgan shaxsman. O`z nomimda bo`lgan uyga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda imtiyoz mavjudmi?

⚡️O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019 yil 24 iyuldagi 623-son karori bilan tasdiklangan Ko`chmas mulk ob`ektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibiga ko`ra I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.

❓Nomimda shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to`g`risida ma`lumotnoma qaerdan olsam bo`ladi?

Fuqarolarni nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma`lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o`zi kelib murojaat etadi yoki O`zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro`yxatdan o`tadi.

Davlat xizmatlarini ko`rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi (6690 so`m) miqdorida yig`im, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida orqali murojaat etilganda yig`im summasining 90 foizi undiriladi.

Ma`lumotnoma shakllantirilish 3 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar