“O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ xabar berishicha yo`lovchilarga sifatli va tezkor transport xizmatlarini ko`rsatish maqsadida joriy yil 26 sentyabrdan boshlab, haftasiga ikki marotaba, shanba va yakshanba kunlari Toshkent-Samarqand-Toshkent yo`nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdining qo`shimcha qatnovi yo`lga qo`yiladi.
Izoh: Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.






