Qashqadaryo viloyati uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish boshqarmasi boshlig`i Azizov Sirojiddin Olmasovich 23 sentyabr kuni 45 yoshida vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Viloyat hokimligi tomonidan berilgan xabarga ko`ra, Sirojiddin Azizovning o`limiga koronavirusga chalinganligi sabab bo`lgan.
Ta`kidlanishicha, S.Azizov viloyat hokimi o`rinbosari sifatida ham foliyat ko`rsatgan.
Joriy yil 27 aprel kuni respublikamiz hududiga kirib kelgan kuchli shamol Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida aholi hayoti, infratuzilma tarmoqlari va qishloq xo`jaligi ekinlariga etkazilgan zararni bartaraf etishda, shuningdek, "Sardoba" suv omboridagi toshqindan jabr ko`rgan hududda olib borilgan qurilish-ta`mirlash ishlarida ham viloyat tomonidan ko`rsatilgan hayriya ishlariga bosh-qoshlik qilgan.






