Qoraqalpog`istonlik komik aktyor Ilxam Saymanov 23 senyabr kuni koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etdi. Bu haqida «Qoraqalpog`iston xabarlari» Telegram kanalida xabar berildi.
Xabarga ko`ra, marhum o`limidan oldin Nukusdagi COVID-19 taqsimlash markazida davolanayotgan edi.
Qayd etilishicha, u 1983 yilda Shumanay tumanida tug`ilgan. Aktyor 2016 yili «Quvnoqlar va zukkolar» tanlovining chempioni bo`lgan. Ma`lum bo`lishicha, 22 sentyabr kuni Ilxam Saymanovning onasi ham olamdan o`tgan.






