Butun dunyoda tarqalgan pandemiya sharoitida Rossiya Federasiyasi va Qozog`iston Respublikasida murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj O`zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish bo`yicha Xalqaro migrasiya tashkilotining Markaziy Osiyo bo`yicha submintaqaviy muvofiqlashtirish ofisi bilan kelishuvga erishilgan va ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun 15 ming AQSh dollari miqdorida mablag` ajratilgan edi.
Kelishuvga muvofiq, Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahridan 7 nafar qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarimiz charter reys orqali olib kelindi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi, Xalqaro migrasiya tashkilotining Markaziy Osiyo bo`yicha submintaqaviy muvofiqlashtirish ofisi va mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi ko`magida olib kelingan yurtdoshlarimiz asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yo`qotgan fuqarolar toifasiga kiradi.
Ma`lumot uchun, bugun yana 15 nafar ana shunday fuqarolarni charter reys orqali Rossiya Federasiyasi poytaxti Moskva shahridan olib kelish rejalashtirilmoqda.






