AsosiyShou-biznes

San`atkorlar bayramni qanday kutadi?

“Sabo” gazetasi shou-biznes vakillarining bayramni qanday o`tkazishi yuzasidan so`rovnoma o`tkazdi.

Shahzoda:

— Men bu yil Yangi yilni horijda kutib olishni rejalashtirdim. Niyatim horijiy ertak qahramonlarini bolalarimga ko`rsatish. Katta o`g`lim ertak qahramonlarini insonlar gavdalantirishini allaqachon bilib bo`lgan. Ammo kichkintoyimga bu zavqni berish boshqacha.

Ulug`bek Rahmatullaev:

— Bu yil xizmatlarni iloji boricha kamroq oldim. Negaki, shundog`am soat bong urishiga uyga etib kelishim amri mahol. Ammo, sovg`a borasida bosh qotirib, farzandim va yaqinlarim uchun Qorboboni “buyurtma” qilib qo`ydim. Sovg`ani mening nomimdan Qorbobo etkazadi.

Zuhra Solieva:

— Bolaligimdan Qorqiz bo`lishni orzu qilardim. Bugunga kelib esa mendan Qorqiz chiqmayapti. Negaki, Qorqiz nimjongina qiz. Men bo`lsa bu qomatim bilan Qorbobo bo`lsam yarashishini anglab etdim. Bayram oqshomiga Qorbobo bo`lishga allaqachon “buyurtma” olib qo`ydim. Turmush o`rtog`im ham men bilan yurishga majbur. Axir shofyor kerakku! Ammo bayram dasturxoni ustida bosh qotirishga vaqt yo`q. Menimcha, Qorbobo bo`lib kirgan xonadonlarimdan to`q qaytaman-ov.

Hosila Rahimova:

— Uyimizda yangi yil 26 dekabrdan boshlanadi. Sababi shu kuni o`g`lim tug`ilgan. Bu yil men syurpriz tariqasida o`zim ertak qahramoni bo`lmoqchiman. Qani ko`raychi, o`g`lim grimda meni tanirmikan? 

Oybek va Nigora:

—  Bu yil avval oilaviy, Yangi yil xizmatlardan bo`shab, yaqinlar holidan xabar olib bo`lgach, o`zimiz uchun romantik oqshom uyushtirishni rejalashtirganmiz. Buni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan suratlardan bilib olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar