23 sentyabr “Oziq-ovqat sanoati sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, quyidagilar:
- “O`zbekoziqovqatxolding” XK tarkibidagi tashkilotlarning ustav jamg`armalaridagi davlat ulushlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga;
- “O`zagroeksportbank” ATB va “Agrobank” ATB ustav kapitallaridagi “O`zbekoziqovqatxolding” XK ulushi Moliya vazirligiga bepul o`tkazildi.
2021 yil 1 martga qadar Agentlikka o`tkazilayotgan tashkilotlarning ustav jamg`armalaridagi davlat ulushlari ommaviy savdolarga qo`yiladi.
Eslatib o`tamiz, Prezidentning tegishli qarori bilan “O`zbekoziqovqatxolding” XK tugatilgan.