1

Sherzod Shermatov birinchi ustozini yo`qlab bordi va #ustozingdan_xabar_ol chellenjini e`lon qildi (video)

Jamiyat 25.09.2020, 09:36
Sherzod Shermatov birinchi ustozini yo`qlab bordi va #ustozingdan_xabar_ol chellenjini e`lon qildi (video)

Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov  1 oktyabr “O`qituvchi va murabbiylar kuni”  arafasida o`zining birinchi ustozini yo`qladi. 

"Bayram arafasida ustozlarimizdan xabar olaylik!

Sinfdoshlar bilan birinchi sinf o`qituvchimizni yo`qlab borganimizda juda xursand bo`ldilar. Birinchi sinfga borganimizga 36 yil bo`libdi. Shu bahona sinfdoshlar ko`rishib, maktabga ham esdalik sovg`a berib keldik.  

Hozirgi vaqtda hayotda erishgan natijalaringizda maktabingizdagi ustozlaringizning o`rni beqiyos. 1 oktyabr “O`qituvchi va murabbiylar kuni” arafasida ulardan xabar olinsa, ko`ngillari tog`dek ko`tariladi. Bahonada sinfdoshlar bilan o`quvchilik davridagi xotiralarni eslashga yana bir bor imkoniyat yaratiladi" deydi vazir. 

Shuningdek vazir, bunday xayrli amalni o`ziga xos chellenjga aylantirish taklifini berdi. Xullas, Sherzod Shermatovdan yangi #ustozingdan_xabar_ol chellenji. Siz ham ustozlaringiz bilan tushgan video va fotolavhalarni #ustozingdan_xabar_ol xeshtegi bilan tarqating. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1