AsosiyJamiyat

YaIM o`sish sur`atiga hududlarning ta`siri qanday bo`ldi?

'YaIM o`sish sur`atiga hududlarning ta`siri qanday bo`ldi?'ning rasmi

Joriy davrda Andijon, Navoiy va Namangan viloyatlarida nisbatan yuqori ijobiy o`sish sur`atlari qayd etildi.

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilning I yarim yilligida O`zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 255,3 trln. so`mni tashkil etgan bo`lib, o`tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 0,2 foizga o`sdi.

YaIM o`sish sur`atiga hududlarning ta`siri bo`yicha e`tibor qaratilsa, joriy davrda Andijon (+ 5,0 foiz), Navoiy (+ 4,3 foiz) va Namangan (+ 3,1 foiz) viloyatlarida nisbatan yuqori ijobiy o`sish sur`atlari qayd etildi.

Samarqand (- 3,9 foiz), Sirdaryo (- 3,1 foiz), Qashqadaryo (- 2,1 foiz) hamda Toshkent shahrida (- 0,5 foiz) yalpi hududiy mahsulot (YaHM)ning kamayishi kuzatildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar