1

SSV “Elektron sog`liqni saqlash” sohasida Estoniya tajribasi o`rganyapti

Jamiyat 25.09.2020, 16:18
SSV “Elektron sog`liqni saqlash” sohasida Estoniya tajribasi o`rganyapti

Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Abdulla Azizov va vazirlik mas`ul xodimlari hamda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari hamkorlikda videomuloqot orqali “Elektron sog`liqni saqlash” sohasida Estoniya tajribasi o`rganildi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Ma`lumki, Estoniya “Elektron hukumat” va “Elektron sog`liqni saqlash” sohasida ulkan yutuqlarga erishgan. Xususan, “Elektron sog`liqni saqlash”dagi ilk qadamlari o`tgan asrning 90 yillarida boshlangan bo`lib, ikki bosqichda rivojlangan. Birinchi bosqich 2008 yilgacha davom etgan bo`lib, bu vaqt davomida barcha tibbiy ma`lumotlar raqamlashtirilgan, zarur normativ-xuquqiy hujjatlar ishlab chiqilib tasdiqlangan. 2008 yildan boshlab hozirgi kunga qadar esa muhim axborot tizimlari ishlab chiqilib, joriy etilgan.

Yurtimizda sog`liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, ayniqsa, vazirlik oldida turgan eng muhim va dolzarb masalalardan hisoblanadi. Videomuloqot orqali o`tkazilgan uchrashuvda ushbu jihatlarga alohida e`tibor qaratilib, tomonlar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1