1

O`zbekistonda shu haftadan boshlab o`pka yallig`lanishida samara berayotgan “Remdesivir” dorisi ham ishlab chiqarila boshlandi — Behzod Musaev

Jamiyat 25.09.2020, 18:26
O`zbekistonda  shu haftadan boshlab o`pka yallig`lanishida samara berayotgan “Remdesivir” dorisi ham ishlab chiqarila boshlandi — Behzod Musaev

Xalqaro press-klubning "O`zbekiston-BMT: muhim tashabbuslar va aktual takliflar" mavzudagi Prezident Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasi 75-yubiley sessiyasida so`zlagan Nutqiga bag`ishlangan sessiyasi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Bosh vaziri o`rinbosari Behzod Musaev sog`liqni saqlash sohasida, xususan pandemiya davrida olib borilgan qator chora-tadbirlar xususida gapirdi.

— 15 martda boshlangan karantin paytida oddiy niqobga bo`lgan ehtiyoj qondirilmagan edi. Mana shu qisqa davr ichida 200dan ortiq korxonalar kuniga 7 million niqobni ishlab chiqaryapti. Yurtimizda farmsanoat oxirgi uch yilda keskin rivoj topyapti. Bular qatoriga qonni suyiltiruvchi “Geparin”, “Enoksaparin”, bundan tashqari, kerakli garmon vositalari “Deksametazon”, bularning hammasi hozir O`zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Shu haftadan boshlab o`pka yallig`lanishida samarasini berayotgan “Remdesivir” dorisi ham ishlab chiqarilib, ro`yxatga olindi. Shu bilan bir qatorda, qo`shni Qirg`iziston, Qozog`iston, Tojikiston, Gruziya, Turkmaniston mamlakatlariga eksport qilib kelyapmiz.  

Ommaviy testlash masalasiga to`xtalib o`tsam. Boshida test vositalari Xitoydan xarid qilib kelingan. Mavjud laboratoriyalarda sanitariya holatlari yaxshi emasdi. Qisqa vaqt ichida 170dan ortiq test laboratoriyalari xarid qilindi. Testni o`zimizda chiqarishga erishdik. Hozirgi kunda bir oyda 1 millionga yaqin testlarni Innovasion rivojlanish vazirligi qoshida ochilgan laboratoriyada yo`lga qo`yildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1