1

Qarshi shahrida joylashgan bir nechta bozor ma`muriyati javobgarlikka tortildi, chunki...

Jamiyat 25.09.2020, 18:41
Qarshi shahrida joylashgan bir nechta bozor ma`muriyati javobgarlikka tortildi, chunki...

Gap shundaki, Respublika maxsus komissiyasining bayoniga ko`ra, haftada bir kun barcha bozorlarda sanitar tozalash ishlarini amalga oshirish belgilangan bo`lsada,  21 sentyabr kuni Qarshi shahar "Ravoq" MFY hududida joylashgan "Naxshab" buyum bozori raisi Sh.R., "Sevinch" savdo majmuasi raisi Sh.T. hamda "Erqo`rg`on" oziq-ovqat ulgurji dehqon bozori raisi o`rinbosari Sh.K.lar sanitar ishlarni amalga oshirmasdan faoliyat yuritib kelganligi aniqlangan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Hudud profilaktika katta inspektori mayor M.Murodov tomonidan ularni xar biriga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 194-moddasi 1-qismi va 54-moddasi 2-qismi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, chora ko`rishlik uchun Ma`muriy ishlar bo`yicha Qarshi shahar sudiga yuborildi.

Mazkur holat, 22 sentyabr kuni sud tomonidan ko`rib chiqilib, yuqorida nomlari qayd etilgan bozor ma`muriyati rahbarlarining har birlariga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari, ya`ni 1.115.000 so`m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1