Viloyat hududida «Diqqat piyoda!» profilaktik tadbiri o`tkazildi.
IIBB Axborot xizmatining xabar berishicha, 1 260 ta qoidabuzar piyodaga nisbatan chora ko`rilgan.
Yo`l transport hodisalarini kompleks tahlil qilinganda viloyat hududida joriy yilning o`tgan 8 oyi mobaynida 425 ta YTH sodir bo`lgan bo`lsa, ularning 38 foizini piyodalar ishtirokidagisi tashkil etadi. Achinarlisi 29 ta YTHda piyodalar mast holatda bo`lgan.
Piyodalarning amaldagi yo`l harakati qoidalariga amal qilgan holda serqatnov yo`llar va chorrahalarda belgilangan joylardan yurishlarini nazorat qilish hamda bu orqali sodir etilishi mumkin bo`lgan YTHlarning oldini olish maqsadida uch kunlik «Diqqat piyoda!» profilaktik tadbiri o`tkazildi.
Tadbir davomida har bir piyoda tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlik yuzasidan, inspektorlar tomonidan qo`shimcha tushuntirish va targ`ibot ishlarini o`tkazilib, qoida buzgan 1 260 ta fuqaroga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 138-moddasiga ko`ra ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.