Istanbulda bir erkak Bosfor ko`prigidan sakrab joniga qasd qilmoqchi bo`lgan bir vaqtda, shu erdan o`tib ketayotgan Turkiya prezidenti Rajab Erdo`g`an Toyip uning rejalarini o`zgartirib yubordi. Siirt shahrida yashovchi Vezir Chatrash oiladagi muammolar sababli hayotiga nuqta qo`ymoqchi edi.
Chatrash ko`prikning to`sig`idan o`tib, o`zini tashlashga haddi sig`may turgan bir paytda ushbu ko`prikdan mamlakat rahbari o`tayotgandi. Polisiyachilar to`planib turganini ko`rgan Erdo`g`an gap nimadaligini bilish maqsadida to`xtadi. Erkakka prezident uning hayoti bilan qiziqayotganini etkazishdi, shunda Chatrash prezidentni oldiga borib, uning qo`lini o`pib qo`ydi, u bilan kichik suxbat o`tkazgach joniga qasd qilish niyatidan qaytdi.
Turkiya ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mazkur ushbu hodisa rejalashtirilgan bo`lishi mumkin degan talqinni ilgari surishmoqda, deya xabar beradi RIA Novosti. Ularning aytishicha, odatda Erdo`g`an o`tishidan oldin yo`llar yopiladi, va Chartash ko`prikka chiqolmagan bo`lardi. Chartashning o`zi Turkiyada etakchi partiya tarafdori sanaladi.
Ushbu xabar bilan Turklar yangiliklar oqimini o`zgartirishmoqchi degan xulosaga kelishmoqda. Hozirda Turkiyaning asosiy mavzusi Turkiyada ta`qiqlangan Qurdiston ishchi partiyasi jangarilariga nisbatan antiterroristik operasiyalar bo`lib turibdi.





