Ushbu sana BMTning Xalqaro turizm tashkiloti – UNWTO tomonidan ilk bor 1979 yilda Ispaniyaning Torremolinos shahrida ta`sis etilgan. Shundan beri har yili 27 sentyabr butun dunyoda Xalqaro turizm kuni sifatida keng nishonlanadi.
Ushbu sanani ta`sis etish va nishonlashdan maqsad turizmni global miqyosda targ`ib qilish, uning iqtisodiyotdagi o`rni va ahamiyatini dunyo hamjamiyatiga etkazish, xalqlar o`rtasidagi do`stona aloqalarni mustahkamlashdir.






