“Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi, deya xabar berildi Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanalida.
Farmonga muvofiq, jismoniy shaxslar tegishli sertifikatlar mavjud bo`lganda, qimmatbaho metallardan tayyorlangan o`lchovli yombilar va Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini respublika hududidan tashqariga bojxona deklarasiyasini to`ldirgan holda cheklovlarsiz olib chiqishi mumkin.
Farmonga ko`ra, Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tugatilib, Markaziy bankda Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmati tashkil etildi.
Shuningdek, birja savdolarida sotiladigan qimmatbaho metallarni respublika hududlariga etkazib berish mexanizmi joriy etiladi.






