AsosiyJamiyat

“Turizm fidoyisi” ko`krak nishoni sohiblari ma`lum bo`ldi (ro`yxat)

'“Turizm fidoyisi” ko`krak nishoni sohiblari ma`lum bo`ldi (ro`yxat)'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoevning 2019 yil 13 avgustdagi “O`zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 5781-sonli farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi 433-sonli qarori bilan “Turizm fidoyisi” ko`krak nishoni ta`sis etilgan edi.

Ushbu ko`krak nishoni bilan O`zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirishga munosib hissa qo`shgan davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik sub`ektlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar soha rivojiga qo`shayotgan xizmatlari va faol targ`ibot ishlari uchun mukofotlanadi. 

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi “Turizm fidoyisi” ko`krak nishonining 2020 yilgi sovrindorlarini e`lon qildi.

 Abdullaev Maxmud Mamadjanovich – Janubiy Koreyadagi “LAZZAT” o`zbek restorani rahbari; 

Badak Sadik – Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisining maslahatchisi (Turkiya); 

Bekjanova Amina Karimbaevna – “MUINAK TOUR” MChJ direktori (Qoraqalpog`iston Respublikasi); 

Zarifullaev Gulmurod Sayfullaevich – “Sintobiston” oilaviy mehmon uyi rahbari (Navoiy viloyati);

 Ibragimov Shuxrat Ravshanovich – Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Surxondaryo viloyatidagi hududiy boshqarmasi Marketing va turizm turlarini rivojlantirish bo`limi boshlig`i;

 Kadirov Doniyor Baxtiyorovich – O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining turizm va transport ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha o`rinbosari – Polkovnik; 

Kiyosi Kurosava  – kinorejissyor, ssenarist, yozuvchi va O`zbekistonda tasvirga olingan "Dunyoning chekkasi tomon" filmi prodyuseri (Yaponiya); 

 Maxkamov Ilham Rustamovich – O`zbekiston Respublikasi Transport vazirning birinchi o`rinbosari; 

Nazirov Alisher Nosirovich – kulol, “Hunarmand” uyushmasi Rishton tumani bo`limi a`zosi (Farg`ona viloyati);  

Saydaminov Murodulla – Orient Voyage sayyohlik firmasi bosh direktori (Samarqand viloyati);  

Sofi Ibbotson – O`zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Turizm brendi elchisi; 

 Saliev Taxirjan Nurmamatovich – O`zbekiston Aeronavtika federasiyasi raisi;  

Toni Tonchian Dzou – “Ipak yo`li” turizm xalqaro universiteti rektori maslahatchisi (Xitoy Xalq Respublikasi);  

Tuxvatullina Elmira Akramovna - O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo bo‘ylab” telekanali davlat unitar korxonasi direktorining ijodiy ishlar bo`yicha o`rinbosari;  

Ubaydullaev Ravshan Umarovich – “Amirsoy” tog` chang`i kurortini tashkil etish bo`yicha loyiha rahbari;  

Uiterdik Katerina – Buxoro shahridagi “Shuxov” suv inshooti restavrasiyasi va turizm namoyish ob`ekti barpo etilishi tashabbuskori, investor (Fransiya);  

Sharapov Anvar Qurbanovich – vafot etgan (so`nggi ish joyi  O`zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi raisi maslahatchisi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining sobiq raisi);  

Xolmatov Erkin Irgashevich       - Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig`i;  

Hayitova Muhayyo Xolmurodovna – Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining Hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari; 

 Hakimov Dilyor Zafarovich - O`zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Favqullodda va Muhtor Elchisi, Evropa Ittifoqi va NATOdagi Vakolatxonalar boshlig`i. 

“Turizm fidoyisi” ko`krak nishoni sovrindorlarini qutlash marosimi yaqin kunlarda tantanali ravishda o`tkaziladi, unda Bosh vazir o`rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Aziz Abduhakimov sovrindorlarga ko`krak nishonini topshiradi. Qayd etilishicha, “Turizm fidoyisi” ko`krak nishoni yilda bir marta topshirilib, sovrindorlar soni 20 nafardan oshmaydi. 

    Boshqa yangiliklar