AsosiyJamiyat

O`zbekistonda svetoforlarning ruxsat beruvchi chiroqlari vaqt oralig`i qayta ko`rib chiqiladi

'O`zbekistonda svetoforlarning ruxsat beruvchi chiroqlari vaqt oralig`i qayta ko`rib chiqiladi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpog`iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda piyodalar o`tish yo`laklarida yo`l-transport hodisalarining sonini keskin qisqartirish, shuningdek, aholining piyoda yurishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida barcha ko`chalarda o`rnatilgan svetoforlarning ruxsat beruvchi chiroqlari vaqtlari oralig`ini xalqaro standartlar asosida qayta ko`rib chiqadi.

Qayd etilishicha, vazirlik piyodalar o`tish yo`laklarida, shu jumladan, tartibga solinmagan serqatnov piyodalar o`tish yo`llarida maxsus tugmachalar orqali boshqariladigan svetoforlar  o`rnatilishini, o`tish joylarini (zebra) xalqaro tajribadan kelib chiqib innovasion yondashuv asosida tashkil etilishini ta`minlaydi.

    Boshqa yangiliklar