Guruh bo`lib harakat qilishda qatnashgan haydovchilarga chora ko`rildi, deya xabar bermoqda YHXBB Axborot xizmati.
Ma`lum bo`lishicha, Toshkent viloyati, Qibray tumani hududida joriy yilning 26 sentyabr kuni viloyat IIBB YHXB Maxsus otryad hodimlari tomonidan yo`l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo`lib harakat qilishda qatnashgan 6 ta transport vositalarining haydovchilariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 129-moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi.
"Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, yo`llarda guruh-guruh bo`lib harakatlanmasliklarini so`rab qolamiz", deyiladi xabarda.






