1

Farg`onada qoidabuzarliklarni aniqlovchi yangi qurilmalar ishga tushirildi

Jamiyat 28.09.2020, 10:47
Farg`onada qoidabuzarliklarni aniqlovchi yangi qurilmalar ishga tushirildi

Farg`ona viloyati IIB tomonidan yo`l harakati xavfsizligi sohasiga zamonaviy texniklar joriy etish davom etmoqda. Maqsad - yo`l-transport hodisalarini oldini olish, qoidabuzarliklarni aniqlashda inson omilini kamaytirishdir. Ana shunday qurilmalardan yana biri Quva tumanida ishga tushirildi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu qurilmalar yo`l harakati qoidalarining 91-bandida nazarda tutilgan qoidabuzarliklar ya`ni “To`xtash va to`xtab turish” qoidalariga amal qilmagan transport vositalarini onlayn tarzda aniqlaydi. Tumanda o`rnatilgan fotovideo fiksasiya qurilmasi orqali bir kunda 115 ta ana shunday qoidabuzarliklar qayd etildi.

Yaqin kunlarda ushbu zamonaviy texnikalar viloyatning Rishton, Toshloq, So`x, O`zbekiston va Buvayda tumanlarida ham ishga tushiriladi.

"Hurmatli haydovchilar! Oilaviy byudjetingizga zarar keltirishni istamasangiz yo`l harakati qoidalariga amal qiling" deyiladi xabarda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1