1

O`zbekistonda to`liq faoliyatini tiklagan maktablar soni 7620 taga etdi

Jamiyat 28.09.2020, 13:00
O`zbekistonda to`liq faoliyatini tiklagan maktablar soni 7620 taga etdi

Pandemiya sharoitida aholining salomatligini ehtiyot qilish maqsadida 2020-2021 o`quv yili boshlanishida maktablar faoliyati bosqichma-bosqich yo`lga qo`yilmoqda. Maktab muassasalarining ochilishi to`g`risidagi qarorlar har bir maktab bo`yicha individual tarzda sanitariya-epidemiologik vaziyat inobatga olingan holda Mahalliy Kengash deputatlari ruxsati bilan qabul qilinmoqda.

Xususan 7 sentyabr kuni mamlakatimizda 431 ta (4,3%) maktab faoliyatini boshlagan bo`lsa, 14 sentyabrdan 2 560 ta (25,6%), 21 sentyabrda 4 379 ta (43,9%) maktab faoliyatini tikladi. Bu haqda XTV axborot xizmati ma`lum qildi.

28 sentyabr kuni faoliyatini tiklagan maktablar soni 76,3 foizga etdi. Bugun o`z faoliyatini to`laqonli ravishda olib borayotgan maktablar soni 7 620 tani tashkil qilmoqda.  

Eslatib o`tamiz, maktab faoliyati tiklanmagan o`quvchilarning ta`lim olishi «Onlayn-maktab» loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali ta`minlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1