Bugun AOKAda Davlat xizmatlari agentligi matbuot kotibi Sevara Zokirova ishtirokida brifing o`tkazildi. Brifingda sohaga oid savollarga javob qaytarildi.
❓Men uy-joy uchun subsidiya olmoqchiman. Buning uchun qaerga va qaysi tartibda hujjat topshiraman?
–18 yoshga to`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari (fuqaro mehnat migranti bo`lganda uning nomidan oila a`zolari ham ariza berishi mumkin) uy-joy sotib olishda boshlang`ich badal yoki kredit foizini bir qismini qoplash bo`yicha subsidiyalar olish yuzasidan joriy yilning 1 martidan 1 oktyabriga qadar Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berishlari mumkin.
Asos - Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-sonli qarori
Buning uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami ma`lumotlari;
Oila a`zolarining shaxsiy identifikasiya raqami ma`lumotlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (to`liq oila va voyaga etgan farzandi(lari) bo`lganda) va farzandlarining tug`ilganlik haqidagi guvohnomalari (agar voyaga etmagan bo`lsa) nusxasi;
Nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqimiy emas deb topilganligi to`g`risidagi sud qarori (nikoh qayd etilgan hollarda) va oilaviy holati to`g`risida FHDYo organlari arxividan ma`lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan hollarda);
Turar-joyining kadastr raqami va turiga tegishli ma`lumotlar;
Turar-joyining uy daftarining yoki kvartira kartochkasining (17-shakl bo`yicha) nusxalari;
Ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi hamda ushlab qolingan daromad soliqlari haqida ma`lumotnoma.






