Prezident Farmoni bilan (PF–6069-son, 24.09.2020 y.) Shuhrat Madaminovich G`aniev Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tasdiqlandi.
Bunga qadar Sh. G`aniev Farg`ona viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Xayrullo Xayitbaevich Bozarov Farg`ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi (bunga qadar Namangan viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan);
Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi (bunga qadar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan) etib tayinlandi.






